Kiberxavfsizlik: noldan OSCP+ va OSAI+ imtihonlarigacha.
Haad Training Center’ning online platformasi: haftalik reja, video darslar, kitoblar va amaliy laboratoriyalar — bitta ilovada.
OSCP+ sertifikatli mentorlar · ★ 4.9 Google Play · 4.8 App Store · 10 000+ yuklab olish
AI davrida ham o‘z o‘rningizni topishning eng yaxshi yo‘llaridan biri

Nimani, qachon o‘rganasiz
Har bir kurs bosqichlarga bo‘lingan. Kurs va bosqichni tanlang — har haftaning mavzulari va laboratoriyalar soni ko‘rinadi.
Ko‘p beriladigan savollar
Kiberxavfsizlik kelajakli kasbmi?
Ha. Jahon iqtisodiy forumining «Future of Jobs 2025» hisobotiga ko‘ra, tarmoq va kiberxavfsizlik 2030-yilgacha eng tez o‘sadigan ko‘nikmalar ichida 2-o‘rinda, xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar esa eng tez o‘sadigan 5 kasb qatorida.
Sun’iy intellekt kiberxavfsizlik mutaxassislarini ishsiz qoldiradimi?
Hozirgi ma’lumotlar buni ko‘rsatmayapti. ISC2’ning 2025-yilgi tadqiqotida kiberxavfsizlik xodimlarining 73% i AI ko‘proq tor ixtisoslashgan ko‘nikmalarni talab qilishini kutadi. Jahon iqtisodiy forumi so‘rovida esa ishtirokchilarning 87% i AI bilan bog‘liq zaifliklarni 2025-yilning eng tez o‘sgan kiberxavfi deb atagan. Ya’ni AI’dan himoyalanish uchun ham, AI’ni himoya qilish uchun ham mutaxassis kerak.
OSAI+ nima?
OffSec AI Red Teamer (OSAI+) — AI tizimlarini hujumchi ko‘zi bilan sinash bo‘yicha OffSec sertifikati: LLM, RAG pipeline, multi-agent tizimlar va AI infratuzilmasiga hujumlar. OffSec avval OSCP yoki unga teng amaliy tajribaga ega bo‘lishni tavsiya qiladi. Haad Training Center’da bu imtihonga RED-AI kursi tayyorlaydi; imtihon OffSec’da alohida topshiriladi.
Kiberxavfsizlik mutaxassislari qancha maosh oladi?
Taxminiy yillik maosh. O‘zbekistonda: junior pentester — 8–15 ming dollar, SOC analyst — 10–18 ming dollar, kiberxavfsizlik maslahatchisi — 15–25 ming dollar. Xalqaro bozorda: Turkiya va Rossiyada 18–50 ming dollar, AQShda 75–141 ming dollar (AQSh Mehnat statistikasi byurosi bo‘yicha o‘rtacha maosh — 129 180 dollar).
IT-Istedod orqali xarajatni qanday qaytaraman?
Xalqaro IT-sertifikatni olgach, 180 kun ichida my.gov.uz orqali ariza berasiz. Sertifikat darajasiga qarab o‘qish va sertifikat xarajatlarining 30%, 40% yoki 60% i qaytariladi; professional sertifikat va ingliz tili B2 bo‘lsa — 100%. OSCP — boshlang‘ich daraja (30%). Dastur 14–30 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari uchun.
Haady pullikmi?
Ilovani yuklab olish bepul, kurslar pullik. Ilovani 1 kun bepul sinab ko‘rishingiz mumkin, tekin kurslar ham bor. Offline kurslarimiz talabalari uchun Haady bepul. Narxlar bo‘yicha operatorlarimiz maslahat beradi.
Haady nima?
Haad Training Center’ning rasmiy online platformasi. Unda RED-0, RED-1 va RED-AI kurslari, kitoblar va laboratoriyalar bor.
Bepul sinovni qanday boshlayman?
Haady ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting — 1 kunlik bepul sinov ilovada avtomatik yoqiladi.
Qaysi kursdan boshlayman?
Linux, Windows, tarmoq va skripting asoslarini bilmasangiz — RED-0’dan. Asoslarni bilsangiz — RED-1 va RED-AI bilan OSCP+ va OSAI+ imtihonlariga birga tayyorlanasiz.
Kurslar qancha davom etadi?
RED-0 — 24 hafta, RED-1 — 16 hafta. RED-AI — maxsus dastur: haftalik reja kurs o‘quvchilari uchun taqdim qilinadi.
Qaysi qurilmalarda ishlaydi?
Android, iOS (15.0 va undan yuqori), Windows, Linux (Debian/Ubuntu) va macOS (App Store orqali).
Internet bo‘lmasa o‘qisa bo‘ladimi?
Ha, yuklab olingan darslar va kitoblar offline rejimda ochiladi. Laboratoriyalar uchun internet kerak.
Kurs tugagach OffSec sertifikati beriladimi?
Yo‘q. Haad Training Center OffSec kurslarini sotmaydi — IELTS tayyorlov markazlari kabi, imtihonga tayyorlaydi. OSCP+ va OSAI+ imtihonlari OffSec’da alohida topshiriladi.
Savollarim bo‘lsa, kimga murojaat qilaman?
+998 78 555 52 55 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki shu sahifadagi formani to‘ldiring — operatorlarimiz siz bilan bog‘lanadi.
