top of page

15 million vatandoshning ma'lumotlari sizishi bo'yicha IIV bayonot berdi

Feb 6

1 min read

15

864

0

15 million O'zbekistonlikning ma'lumotlari sizishi fonida IIV my.gov.uz da parol (o'ron)larni o'zgartirish, ham-da plastik kartalarni yangisiga almashtirishni maslahat berdi.

Epstein fayllari tarqalganiga ko'p bo'lmasidan darknet (qorong'u tarmoqda) saytlarida qariyb 15 million vatandoshning shaxsga doir ma'lumotlari, jumladan, pasport ham-da boshqa ta'sirchan ma'lumot birliklari buzib kirilgani, to'planganiga oid da'volar paydo bo'ldi, hatto ushbu ma'lumotlar narxlandi ham.

Muhaddidlarga ko'ra IIV, Raqamli hukumat tizimi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Statisitika qo'mitasi, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyalarining ma'lumotlar omborlaridan quyidagi turdagi ma'lumotlar nusxalangan:

  • Foydalanuvchi IDlari

  • Ismlar

  • Manzillar

  • Tug'ilgan sana

  • Telefon raqamlari

  • Elektron pochta manzillari

  • Pasport seriya va raqamlari

Shuningdek, muhaddid qaysi zaiflik orqali qanday jihatlarni aylanib o'tishga muvaffaq bo'lgani haqida ham ma'lumot keltirib o'tgan, ular orasida masofadan kod bajarish (RCE), 2025-yilda "xit" bo'lgan React2Shell, dekada avvalida paydo bo'lgan Log4Shell (4 oy avval Haad TCda ushbu zaiflik qanday ishlashi haqida bepul vebinar tashkillashtirilgandi) ham-da boshqalar bor.


Ichki ishlar vazirligi youtube kanalida ushbu vaziyat bo'yicha televideniyega bergan bayonotini nashr qildi:

"Eng avvalo, shu MyGov ilovasi orqali o‘zlarining shaxsiy ma'lumotlarini o‘zgartirishlarini, kodlarini o‘zgartirishlarini va zudlik bilan o‘zlari ishlatayotgan banklariga murojaat qilib, plastik kartalarni o‘zgartirishlarini va plastik kartalarni kod raqamlarini o‘zgartirishlarini tavsiya qilamiz.
Hozir esa ayni paytda ichki ishlar vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda, bu haqida so‘nggi ma'lumotlarni berib borishni ma'lum qilamiz. Endi hali bu xabar tasdiqlangan taqdirda biz ushbu ma'lumot tarqatgan insonlarni topib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta'minlaymiz."

Eslatib o'tamiz, noma'lum manbalardan .apk fayllarni o'rnatmang, karta raqami/muddati ham-da CVV/CVC kodlarini, bir martalik (OTP) kodlarini hech kimga bermang, noma'lum raqamlardan keluvchi qo'ng'iroqlarga darhol ishonmang.

Related Posts

Comments

Share Your ThoughtsBe the first to write a comment.
bottom of page