top of page

Anthropic SI vositasida zaifliklarni aniqlash uchun Claude Code xavfsizlik xizmatini ishga tushirdi

Feb 21

2 min read

4

19

0

Sun’iy idrok (SI) kompaniyasi Anthropic Claude Code uchun yangi xavfsizlik funksiyasini joriy etishni boshladi. Bu funksiya foydalanuvchining dasturiy kodlari zaifliklarini tekshiradi va ularni tuzatish bo‘yicha takliflar beradi.


Claude Code Security deb nomlangan ushbu imkoniyat hozircha Enterprise va Team mijozlari uchun cheklangan tadqiqot preview ko‘rinishida taqdim etilgan.


“Kod bazalarining xavfsizlik zaifliklarini tekshiradi va inson tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun aniq dasturiy tuzatishlarni taklif qiladi. Bu jamoalarga an’anaviy usullar ko‘pincha o‘tkazib yuboradigan xavfsizlik muammolarini topish va bartaraf etishga yordam beradi”, - deyiladi kompaniyaning juma kungi e’lonida.

Anthropicning aytishicha, ushbu funksiya SIdan zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishda yordam beruvchi vosita sifatida foydalanishga qaratilgan. Bu esa muhaddidlar ayni shu vositalardan zaifliklarni avtomatik aniqlash uchun foydalanishiga qarshi choralar ko‘rishga yordam beradi.


Sun’iy idrok agentlari inson e’tiboridan chetda qolgan xavfsizlik zaifliklarini aniqlash qobiliyatini tobora kuchaytirayotgan bir paytda, texnologik startap bu imkoniyatlardan raqiblar ham foydalanib, eksploit qilinishi mumkin bo‘lgan zaifliklarni avvalgidan tezroq topishi mumkinligini ta’kidladi. Kompaniya qo‘shimcha qilishicha, Claude Code Security aynan shunday sun’iy idrok yordamidagi hujumlarga qarshi turish, himoyachilarga ustunlik berish va umumiy xavfsizlik darajasini oshirish uchun ishlab chiqilgan.



Anthropic ta’kidlashicha, Claude Code Security faqat ma’lum namunalar bo‘yicha static tahlil va scanning bilan cheklanib qolmaydi. U kod bazasini xuddi inson xavfsizlik tadqiqotchisidek tahlil qiladi, turli unsurlar qanday o‘zaro ishlashini tushunadi, ilova bo‘ylab ma’lumotlar oqimini kuzatadi va qoida asosida ishlaydigan vositalar o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan zaifliklarni aniqlaydi.


Aniqlangan har bir zaiflik “bir necha bosqichli tekshiruv jarayoni”dan o‘tkaziladi. Bu jarayonda natijalar qayta tahlil qilinib, noto‘g‘ri ijobiy xulosalar (false positive) chiqarib tashlanadi. Shuningdek, jamoalar eng muhim muammolarga e’tibor qaratishi uchun zaifliklarga jiddiylik darajasi beriladi.


Yakuniy natijalar Claude Code Security dashboardida tahlilchiga ko‘rsatiladi. U yerda jamoalar kodni va taklif etilgan tuzatishlarni ko‘rib chiqib, ularni tasdiqlashi mumkin. Anthropic tizim qaror qabul qilishda human-in-the-loop (HITL) yondashuviga tayanganini ham alohida ta’kidladi.



“Bunday muammolar ko‘pincha faqat manba kodi asosida baholash qiyin bo‘lgan nozik jihatlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun Claude har bir aniqlangan holat uchun ishonchlilik darajasini ham ko‘rsatadi”, - dedi Anthropic. “Hech narsa inson tasdig‘isiz qo‘llanmaydi: Claude Code Security muammolarni aniqlaydi va yechimlarni taklif qiladi, ammo yakuniy qarorni har doim dasturchilar qabul qiladi.”

Related Posts

Comments

Share Your ThoughtsBe the first to write a comment.
bottom of page