top of page

AQSh kompaniyalari Eron-Isroil kiber-qo‘zg‘alishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jun 18

2 min read

8

278

0

Eron va Isroil havo zarbalari almashar ekan, kiberxavfsizlik mutaxassislari sahnada biroz sokinroq, ammo baribir vayronkor raqamli ziddiyat yuzaga kelayotganidan ogohlantirmoqda. AQSh kompaniyalari yaqinda portlash radiusida qolishi mumkin.


Chunki, Eron va Isroil dunyoning eng malakali hakerlariga ega mamlakatlardir. Ular o‘rtasidagi keskinlik kuchayishi kibermakonga tarqalib, muhim infratuzilmalar, tijoriy tarmoqlar va umuminsoniy ta'minot zanjirlarining ishlashini buzishi mumkin.


AQSh kiberxavfsizlik tashkilotlari korxonalarni mahalliy infratuzilmalar miqyosida nisbatan ehtimoliy Eron kiberhujumlariga qarshi doimiy tayyor turishga chaqirmoqda. Food and Ag-ISAC hamda IT-ISAC jum'a kuni e’lon qilgan qo‘shma bayonotida kompaniyalarni o‘z mudofaa choralarini shiddat bilan kuchaytirishga chaqirdi, oldingi mojarolarda Eron hukumati qaramog'idagi haker va haktivistlarning AQShdagi muhim infratuzilmalariga qarshi hujum tarixiga e’tibor qaratishni so'radi.


AQShda asos solingan kiberxavfsizlik firmasi Radware hisoblashicha, 12-iyun kuni Isroil Tehronga birinchi raketa zarbasini yo‘llaganidan buyon Eron kiberhujumlarining Isroil tomoniga qarshi hujumlari 700% ga oshgan.


Amerika tashkilotlariga qarshi mumkin bo‘lgan Eron kiberhujumlarining hajmi va tabiati AQShning kengroq harbiy nizoga qanday munosabat bildirishiga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha Tramp ma'muriyati ittifoqchilarga faqat Eron bevosita amerikaliklarga hujum qilmasa, aralashmasligini ma’lum qilgan. Ammo agar bu qaror o‘zgaradigan bo‘lsa, Eron kiberkuchlarini o'zi ishlab chiqaradigan ransomware harakatlari yoki wiper malware hujumlarini AQSh infratuzilmalariga yo‘naltirishi mumkin, deydi Flashpoint milliy xavfsizlik razvedkasi direktori Ostin Uarnik.


Isroilda joylashgan Check Point Software Technologies shtab-kvartirasi boshlig‘i Gil Messi zarbalardan keyingi kunlarda Eronga aloqador muhaddidlar tomonidan yuritilayotgan bir nechta dizinfromatsiya harakatlari borligini iddao qildi. Xususan, kampaniyalardan biri minglab isroilliklarga yo‘llangan matnli xabarda gaz quyish shoxobchalarida 24 soat davomida yonilg‘i ta’minoti to‘xtatilishi haqida ogohlantiradi. Yana bir xabar esa noto‘g‘ri ravishda mintaqaviy boshpanada yaqinida ehtimoliy terrorchilik hujumi bo‘lishi haqida ogohlantirib, hududdan uzoq turishga chaqirgan — bu raketa hujumlari paytida vahima uyg‘otish urinishiga o‘xshaydi. Messinining aytishicha, ikkala xabar ham Isroil frontidan kelgandek ko‘rinishi uchun tayyorlangan, ammo ularning barchasi soxta bo‘lgan. U shuningdek, DDoS hujumlari va fishing harakatlari kabi, ehtimol Eron bilan bog‘liq past darajadagi kiber faoliyatlarni ham ko‘rganini qo‘shimcha qildi.


Uning aytishicha: “Ularning asosiy maqsadi boshqa hech narsadan ham ko‘ra po'pisa, soxta xabarlar va xiyladir,” deydi Messi. U yana qo‘shimcha qiladi: ".. hozirgi Eron kiber faoliyatining aksariyati “quyi profilga oid” — asosan, hozir Tehron manbalarining katta qismini jismoniy hujumga yo‘naltirayotgani sababli."

An’anaviy harbiy nizolar davomida kiberhujumlar ko‘pincha aholi orasida qo‘rquv va chalkashlik uyg‘otish uchun ishlatiladi. Infratuzilmaviy hujumlar kabi yanada vayronkor amaliyotlar esa odatda yirik zarba yoki bostirib o‘tishlardan avval paydo bo‘ladi, masalan, Rossiyaning 2022-yildagi Ukrainaga bosqini oldidan kuzatilgandek.


Messining aytishicha, shuning uchun hozirgacha Eron dizinformatsiya va kichik ko‘lamli hujumlarga e’tibor qaratayotgandek. Hozirgi maqsad qo‘rquvni uyg‘otish.


Bu mojaro davomida Isroil ham kuchli kibertahdid yaratmoqda. Uning raqamli hujumi ham Eron tarafiga qaratilgan bo‘lishi kutilmoqda, dedi Uarnik. Isroilparast haking guruhi bugun ertalab Eronning Sepah Bankiga qilingan kiberhujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan va keng ko‘lamli uzilishlarga sabab bo‘lganini bildirgan. Guruh shuningdek bankning barcha ma’lumotlarini “buzganini” qilganini da’vo qilmoqda.

Isroil murakkab kiber amaliyotlar bo‘yicha uzoq tarixga ega, eng mashhuri — Eronning yadroviy dasturini nishonga olgan Stuxnet hujumidir. Xavfsizlik razvedka bo‘linmalari, xususan Unit 8200, ilg‘or kiber josuslik qobiliyatlari bilan ham tanilgan.


Shu orada ba'zi manbalar Eronda tashqi kiberhujumlarni nisbatan tiyish uchun internet sekinlashtirilgani haqida ham yozishmoqda.

Related Posts

Comments

Share Your ThoughtsBe the first to write a comment.
bottom of page