top of page

Shifoxonaga yo‘naltirilgan ransomware bemor hayotiga yakun yasadi

Jul 3

1 min read

0

31

1

Buyuk Britaniyadagi yirik shifoxona ransomware hujumi bir bemorning o‘limiga sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘lganini ma’lum qildi.


2024-yil iyun oyida yuz bergan hujum mahalliy qon tahlili xizmatini ko‘rsatuvchi Synnovis kompaniyasida jiddiy uzilishlarga olib kelib, 1000 dan ortiq bemor uchrashuvlari va muolajalarini bekor qilish yoki kechiktirishga majbur qildi. Chorshanba kuni King's College Hospital NHS Foundation Trust shifoxonasi “kiberhujum vaqtida bir bemor kutilmaganda vafot etganini” tasdiqladi.


“Bemor xavfsizligi bo‘yicha tekshiruv ushbu o‘limga olib kelgan bir qator omillarni aniqladi,” – dedi shifoxona Sky Newsga. “Bunga kiberhujum sabab patologiya xizmatlari ishlamay qolgan va qon tahlili natijasini uzoq kutishga to‘g‘ri kelgani ham kiradi.”

Bemorning shaxsiy hayoti sirligi sababli qo‘shimcha tafsilotlar oshkor etilmadi. Ammo bir yil avvalgi ushbu ransomware hujumi mahalliy shifoxonalarning qon tahlili natijalariga kirishini va qon quyish amaliyotlarini bajarishini imkonsiz qilgan, tibbiyot xodimlarini universal donor qoni zaxiralarini ishlatishga majbur qilgan edi.


Ushbu hujum uchun rus tilida so‘zlashuvchi va 500 dan ortiq kiberhujumlar bilan bog‘langan Qilin ransomware guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Related Posts

Comments (1)

Leverow
Jul 03

😱

Like
bottom of page