
Signal Windows 11ning "Recall"iga javoban skrinshot olish imkonini chekladi
0
10
0

Signalning Windows ilovasi uchun navbatdagi yangilanishi foydalanuvchilarga "Recall"ning skrinshotlaridan qochishga yordam beradi, biroq bu boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Signal Microsoftning Recall funksiyasi himoyalangan suhbatlaringizni skrinshot qilolmasligini ta’minlash uchun faol choralar ko‘rmoqda. U Windows 11 uchun Signal ilovasining yangi talqinini chiqarmoqda, bu talqinda ekran xavfsizligi sukut bo‘yicha yoqilgan bo‘ladi. Bu – Netflix kabi xizmatlarda foydalanuvchilarga kompyuter yoki telefon orqali oson skrinshot olishga to‘sqinlik qiladigan DRM texnologiyasi bilan bir xil. Biroq uni bu yerda ishlatish, "ekran o‘qitish" kabi imkoniyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan funksiyalarga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Signal bu funksiyani osonlik bilan o‘chirish mumkinligini aytmoqda: Signal sozlamalarida > Maxfiylik > Ekran xavfsizligi bo‘limi orqali. Ammo aslida ushbu darajagacha yetmasligi kerak edi. Dasturchi Joshua Lund yozishicha, "Microsoft kabi operatsion tizim ishlab chiqaruvchilari, Signal kabi ilovalar dasturchilari har doim o‘z ilovalaridagi nozik ma’lumotlarga OT darajasidagi sun’iy idrok tizimlarining kira olmasligini ta’minlash uchun zarur vositalar va imkoniyatlarga ega bo‘lishlarini kafolatlashi kerak."

Recall funksiyasi avval ikki marta kechiktirilganiga qaramay, nihoyat o‘tgan oy ishga tushirildi. Biroq, bu “fotosuratli xotira” funksiyasida hali ham ilova dasturchilar uchun foydalanuvchilarning nozik ma’lumotlarini sun’iy idrok asosidagi arxivlardan chiqarib tashlash imkonini beruvchi API mavjud emas.
Recall foydalanuvchilarga o‘zlari eslay oladigan narsalar — masalan, olingan rasm ta’rifi yoki umumiy suhbat mavzusi — asosida elektron pochta yoki chatlarni (hatto Signaldagilarni ham) topishda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo bu ayni paytda katta xavfsizlik va maxfiylik muammolarini ham keltirib chiqarishi mumkin.
Microsoft allaqachon sukut bo‘yicha shaxsiy yoki inkognito rejimidagi brauzer oynalarining faoliyatini filtrlab turadi. Shuningdek, Recall funksiyasiga ega Copilot Plus kompyuter foydalanuvchilari sozlamalar orqali ayrim ilovalarni filtrlay olishadi, biroq u faqatgina buni qanday qilishni biladiganlar uchungina imkonli.
"Signal Microsoftda mavjud bo'lgan vositalardan foydalanmoqda, garchi biz ko'plab qonuniy holatlar mavjud ekanligini tan olsak ham, kimdir ekran tasvirini olishi kerak bo'lishi mumkin." deydi, Microsoft vakili.