top of page

Eron AWS ma'lumotlar markazlariga dron hujumlari qasddan va strategik bo'lganini da'vo qilmoqda

4 days ago

2 min read

0

15

0

Eronning qurolli kuchlariga yaqin hisoblangan Fars News Agency ma’lum qilishicha, Amazon Web Services (AWS) obyektlariga Birlashgan Arab Amrliklari va Bahrayn hududida uyushtirilgan zarbalar ataylab amalga oshirilgan bo‘lib, ular strategik ahamiyatga ega bo‘lgan.


AWS avvalroq yakshanba kuni Bahrayndagi obyektlaridan biri dron hujumi oqibatida zarar ko‘rganini bildirgan edi. Bundan oldin esa BAA hududidagi ikkita ma’lumotlar markazi ham dronlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonga olinishi natijasida shikastlangan.


Hozirda ushbu barcha obyektlar ishlamayapti. Telegramdagi xabarda Fars News Agency Tehron Bahraynga dronlar yuborganini va bu dronlar “ushbu markazlarning dushmanning harbiy hamda razvedka faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi rolini aniqlash” maqsadida ishlatilganini ta’kidlagan.


Telegramdagi xabarda yana shunday deyiladi:


“Bu hujumlar Islom Inqilobi Muxofizlari Korpusi (IRGC) tomonidan yaqinda Dubaydagi Amazon ma’lumotlar markazlari va mintaqadagi boshqa strategik markazlarga qarshi o‘tkazilgan amaliyotlarning bir qismidir.”

Shuningdek, bayonotda:


“Ushbu amaliyotlarda Amazon va Microsoft kompaniyalarini nishonga olish dushmanning texnologik hamda axborot infratuzilmasiga jiddiy zarba berdi,” - deb qo‘shimcha qilingan.


Tuzilmaviy shikastlanishlardan tashqari, Amazon Web Services (AWS) ma’lumotlar markazlarida elektr ta’minotida uzilishlar ham yuzaga kelgan, shuningdek yong‘in o‘chirish vaqtida uchqun va olovni bartaraf etish jarayonida ba’zi joylar suvdan ham zarar ko‘rgan. Ushbu hodisa sababli ayrim mashhur AWS ilovalarida “xatoliklar darajasi oshib ketgani va xizmatlar mavjudligi pasaygani” kuzatilgan.


AWS bulut xizmatlari mijozlariga o‘z ma’lumotlarini zaxiralashni, ish yuklamalarini boshqa mintaqalarga ko‘chirishni hamda trafikni Bahrayn va BAA hududlaridagi markazlardan boshqa joylarga yo‘naltirishni tavsiya qilgan.


Yaqin Sharqdagi yirik texnologik investitsiyalar haqiqatan ham jiddiy tahdid ostida. Mintaqaning ikki yetakchi davlati - BAA va Saudia Arabistoni - sun’iy idrokni uzoq muddatli milliy strategik soha sifatida ko‘rmoqda. Ular hisoblash quvvatini “yangi neft” deb atamoqda. Shu sababli bu davlatlar yirik texnologik kompaniyalarning SI ma’lumotlar markazlarini jalb qilmoqda hamda o‘z sun’iy idrok ekotizimlarini qurmoqda.


IMAEC Group ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 6,6 milliard dollarga baholangan Yaqin Sharq sun’iy idrok bozori 2034-yilga borib 168 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda.

Biroq so‘nggi hujumlar shuni eslatib turibdiki, zamonaviy texnologiyalar - ayniqsa bulut xizmatlari orqali daromad topayotgan tizimlar - baribir yer yuzida joylashgan jismoniy infratuzilmaga tayanadi va bu obyektlar zaif bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lumotlar markazlari juda katta bo‘lib, ularni yashirish ham deyarli imkonsiz.

Related Posts

Comments

Share Your ThoughtsBe the first to write a comment.
bottom of page