top of page

Google ruxsatsiz kuzatuv va biometrik maʼlumotlarni yigʻgani uchun Texasliklarga 1,375 milliard dollar toʻlaydi

May 13

1 min read

0

37

0

Google AQShning Texas shtatiga ikkita da'vo bo'yicha salkam 1,4 milliard dollar to'lashga rozi bo'ldi. Da'volarda kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy joylashuvini kuzatib, ularning yuzni aniqlash ma'lumotlarini ruxsatsiz saqlaganlikda ayblangan.

1,375 milliard dollarlik to'lov texnologiya giganti boshqa AQSh shtatlari tomonidan qo'zg'atilgan shunga o'xshash da'volarni hal qilish uchun to'lagan jarimalardan ancha koʻp. 2022-yil noyabrida ushbu kompaniya 40 ta shtat guruhiga 391 million dollar to'lagan. 2023-yil yanvarida Indiana va Vashington shtatlariga 29,5 million dollar to'lagan. Keyinroq, o'sha yil sentyabrida Kaliforniya bilan kelishuv uchun yana 93 million dollar ajratgan.

Ish dastlab 2022-yilda qo'zg'atilgan bo'lib, foydalanuvchilar ma'lumotlarining noqonuniy kuzatilishi va yig'ilishi, joylashuv, inkognito qidiruvlar va biometrik ma'lumotlar, foydalanuvchilarning aniq manzillari "Joylashuv tarixi" sozlamasi o'chirilgan bo'lsa ham kuzatilishi va biometrik ma'lumotlarning foydalanuvchi ogohlantirilmay, roziligisiz yig'ilishi bilan bog'liq edi.

"Ko'p yillar davomida Google odamlarning harakatlarini, shaxsiy qidiruvlarini va hatto ularning ovoz izlari va yuz handasasini o'z mahsulotlari va xizmatlari orqali yashirincha kuzatib bordi", deydi Texas Bosh prokurori Ken Pakston o'z bayonotida.
"Bu 1,375 milliard dollarlik kelishuv Texasliklarning shaxsiy hayoti uchun katta yutuq bo'lib, kompaniyalarga bizning ishonchimizni suiiste'mol qilishlari uchun to'lov undirilishini ko'rsatadi."

O'tgan yili Google Xaritalar vaqt chizig'i ma'lumotlarini foydalanuvchilarning Google hisoblarida emas, balki ularning qurilmalarida mahalliy saqlash rejasini e'lon qildi. Kompaniya, shuningdek, foydalanuvchilarga "Joylashuv tarixi" sozlamasi yoqilganida joylashuv ma'lumotlarini avtomatik o'chirish imkonini beruvchi boshqa maxfiylik nazoratlarni joriy qildi.

To'lov Meta kompaniyasining Texas shtatiga millionlab foydalanuvchilarning biometrik ma'lumotlarini ruxsatsiz, noqonuniy ravishda yig'ib olganlikda ayblanib 1,4 milliard dollar jarimaga tortilish jarayonida undirilyapti.


Related Posts

Comments

Share Your ThoughtsBe the first to write a comment.
bottom of page