top of page

"Oson" aslida oson bo‘lmasa: "Hacking"da muvaffaqiyatiga erishish uchun ko‘nikmalarni qanday shakllantirish kerak?

4 days ago

3 min read

4

131

0

Real hakerlik va kiberxavfsizlik ko‘nikmalarini, hatto "Oson" deb hisoblangan ko‘nikmalarni shakllantirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni bajarish haqidagi haqiqat

Hack The Box (HTB) platformasidagi oson darajadagi topshiriqlarga berilgan sharhlarda

ko‘pincha shunday yozilgan:

"Bu men uchun oson bo‘lmadi" yoki "Men yangi boshlovchiman, juda qiyin ekan."

HTB foydalanuvchilarning platformada muvaffaqiyatga erishishini istaydi. Sizning hakerlik va himoya qilish bo‘yicha zarur ko‘nikmalaringizni rivojlantirishingizni xohlaydi. Biroq, kiberxavfsizlik sohasida haqiqiy mahoratga erishish ortida bir achchiq haqiqat

yashiringan. Kiberxavfsizlik oson emas. Gap shundaki, bu o‘zlashtirish oson bo‘lgan

kasb/xobbi/ko‘nikma emas. Buning uchun texnik bilim, ijodkorlik va mehnat talab etiladi.

Har hafta yangi Mashinalar, Chellenjlar va "Sherloklar"ni chiqarishadi. Ushbu tizim

dunyoning ko‘plab eng yaxshi hakerlari uchun o‘z mahoratlarini mashq qilish, rivojlantirish va sinab ko‘rish uchun raqobatbardosh muhitni taqdim etadi. Mashq darajalari Oson, O‘rtacha, Qiyin yoki Aqldan ozdiradigan (Insane) deb belgilanadi. Lekin bu nomlar nimani anglatadi?


"Oson" atamasi faqat ma’lum bir boshlang‘ich nuqtaga nisbatan aytiladi. Tajribali pentester uchun "oson" bo‘lgan narsa kiberxavfsizlikni endi o‘rganayotgan talaba

uchun juda qiyin bo‘lishi mumkin; o‘sha talaba uchun oson bo‘lgan narsa esa o‘qish va yozishni o‘rganayotgan bola uchun murakkab tuyuladi.

Tajribasiz holingizda hech qanday marafonda qatnashishga urinib ko‘rarmidingiz?

Marafon 42.2 km masofaga yugurish poygasidir. Ularda raqobatlashadigan odamlar

odatiy iqlim va bosib o‘tiladigan relyef kabi omillarga qarab turli yo‘nalishlarni oson yoki

qiyin deb belgilashlari mumkin - masalan, tik tepaliklar musobaqaning qiyinligini keskin

oshiradi. Marafonda ishtirok etayotganda, kuchli sportchilargina g‘alaba qozonish uchun

musobaqalashadi. Ammo ko‘pchilik shunchaki musobaqada ishtirok etishdan yoki o‘z natijalarini oldingi eng yaxshi ko‘rsatkichlari bilan solishtirib, rivojlanishni ko‘rishdan mamnun bo‘ladi.

Chunki, eng oson marafonda qatnashish ham ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi. Hech kim

tajribasiz holda marafonga kelib, uni oson bo‘ladi deya o‘ylab yugurmaydi.

Xuddi shunday, mashinalarni buzish ham rivojlanishi uchun vaqt talab qiladigan mahoratdir. Kriptografiya, sun’iy idrok va kriminalistika kabi sohalardagi muammolarni

yechish texnik jihatdan murakkab hisoblanadi. Real ma’lumotlar asosida saralash va hodisaga javob berish qiyin.  Marafonga o‘xshab, hatto eng oson vaziyatlarni hal qilish uchun ham ko‘p mehnat, mashq va tajriba talab etiladi.

Shakllantirish qiyin bo‘lgan ko‘nikmalardan biri - o‘zingiz deyarli bilmaydigan texnologiya bilan yuzma-yuz turib, uning qanday ishlashini va undan qanday foydalanishni tushunish

qobiliyatidir. Bu barcha eng mohir hakerlar egallagan mahorat bo‘lib, uni rivojlantirish

nihoyatda qiyin bo‘lishi tabiiy.

Shunday bo‘lsa-da, Hack The Box butun dunyo bo‘ylab hakerlarga qiziqarli raqobatbardosh hakerlik muhitini taqdim etish orqali ularni rag‘batlantirish va zavqlantirish uchun harakat qiladi.


Xo‘sh, endi boshlayotgan bo‘lsangiz-chi? Bu, HTB siz uchun emasligini anglatadimi?

Aslo unday emas. Bilim va ko‘nikmalaringizni tezroq va qiziqarli tarzda oshirishingiz uchun ko‘plab manbalar mavjud. HTB akademiyasi, Boshlang‘ich nuqta va Yo‘naltiruvchi rejim orqali o‘z bazangizni yaratishingiz mumkin. Agar siz endigina boshlayotgan bo‘lsangiz, HTB akademiyasida hakerlikni o‘rganish va axborot xavfsizligi sohasiga kirishingiz uchun zarur bo‘lgan asosiy bilimlarni beradigan ko‘plab bepul kirish modullari mavjud. Boshlang‘ich nuqta sizni yo‘naltirishga yordam beradigan qo‘llanmalar va savollar bilan 28 ta juda oson darajadagi mashinalarni taklif etadi. Ularni o‘zlashtirganingizdan so‘ng, deyarli barcha "Oson" va "O‘rta" darajadagi "iste’fodagi

mashinalar" (expired machines) Yo‘naltiruvchi rejim (Guided mode) bilan birga keladi. Bu

rejim mashinani buzish uchun mo‘ljallangan yo‘lni topishingizga yordam beradigan bir qator savollardan iborat.

Iste’fodagi kontent yechimlar bilan birga keladi va ulardan o‘z mahoratingizni oshirish uchun foydalanishda hech qanday muammo yo‘q. "Oson" deb belgilangan mashinani topib, uni bajara olmaslik kishini umidsizlikka tushirishini tabiiy. Ammo marafon bilan qiyoslashni yodda tuting. Hakerlik - murakkab jarayon. Xuddi marafonda yugurish singari, ko‘pchilik buni hatto tasavvur ham qila olmaydi. Davom eting, bayroqni topganingizda, yanada ko‘proq qoniqish hissini tuyasiz!


Manba: https://www.hackthebox.com/blog/when-easy-isnt-easy | @abdulhamidCS tarjimasi

Related Posts

Comments

Share Your ThoughtsBe the first to write a comment.
bottom of page