
Turk hakerlari Isroillik vazirlar va boshqa shaxslarning telefon raqamlarini sizdirishdi
1
58
0

Turk hakerlari Isroil urush vaziri Israel Katsni videoqo‘ng‘iroqqa javob berish uchun aldab, uni fosh qilishdi, masxara qilishdi.
Hakerlar Isroil Katsning shaxsiy raqamini qoʻlga kiritib, videoqoʻngʻiroq qilishni boshlashdi.
Kats xato qilib qoʻngʻiroqqa javob berdi va darhol uzib qoʻydi, ammo hujumchilar uning hayratlangan, urushqoq chehrasining skrinshotini olib, onlayn tarqatishga ulgurdilar.

Xabarlarga ko‘ra, hattoki bir haker qo‘ng‘iroq uzilmasidan oldin Katsni haqorat qilishga ham ulgurgan. Katsdan tashqari yuzlab vazirlik va hukumat vakillarining telefoni raqamlari telegramdagi @siberislam kanali orqali sizdirilgan, yosh bolalar Isroil rasmiylariga videoqo‘ng‘iroqlar qilib, "iliq" salomlar yo‘llashgan.



Avgust oyida sobiq adliya vaziri Ayelet Shakedning shaxsiy telefoni, u zararli havolaga bosib qo‘yganidan keyin buzib kirilgani aytilgandi. Xavfsizlik xodimlarining avvalgi ogohlantirishlariga qaramay, hujumchilar uning qurilmasiga to‘liq kirish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Boshqa voqealar esa madaniyat arboblarini ham nishonga olgan.

Keyinchalik vazir va boshqa mas'ul shaxslarning telefon raqami oʻchirib yuborilgan.