
HTB talaba obunasi olish bo'yicha yo'riqnoma
3
64
0
Assalomu alaykum! Ushbu qo‘llanmada Hack The Box platformasida Student (talaba) hisobini qanday olish mumkinligi bosqichma-bosqich tushuntiriladi. (darvoqe, agar siz oliygoh talabasi bo‘lmasangiz ham).

1-qadam: Elektron pochta orqali HTB qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Muhim ma’lumot! Sizdan yuborilayotgan e-pochta manzili Hack The Box platformasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Ya’ni, siz yuborayotgan elektron pochta manzili bilan bog‘langan hisob Hack The Boxda mavjud bo‘lishi lozim.
Hack The Box elektron pochtasi: customerops@hackthebox.com


Bu yerda siz HTB qo‘llab-quvvatlash (support) xizmatiga Student Subscription olishni xohlayotganingizni, ammo siz o‘qiyotgan ta'lim dargohi Hack The Box ro‘yxatida yo‘qligini yozasiz.
Xatni sun'iy idrok yordamida tayyorlashingiz ham mumkin.
2-qadam: Xatni sun'iy idrok orqali tayyorlash
Ko‘pchiligingiz ingliz tilini yaxshi bilmasligingiz mumkin, lekin LLM yordamida xatni oson tayyorlab olishingiz mumkin. Masalan, xatni ChatGPT orqali tayyorlab olamiz.


Matn tayyor bo'lgach elektron pochtaga yozasiz

[Your Name] — sizning ismingiz.
[Your full name] — to‘liq ismingiz.
[Your University Name] — Haad Academy.
[Country] — Uzbekistan.
[Email address] — Elektron pochtadan yozgan hisobingiz.
Barcha maydonlarni to‘ldirganingizdan so‘ng “Send” tugmasini bosasiz va bir oz kutasiz. Odatda javob 1–1.5 soat ichida keladi.
3-qadam: Javob kelgandan keyingi amallar

Javob hati kelganidan keyin, sizdan ma'lumotlaringizni so'rashadi. Xat har hil holatda keladi, shunga tayyor boling. Sizdan tepadagi rasmdagi ma'lumotlar so'raladi.
Qo'lda yoki SI bilan javob xatini yozamiz:


Xat yuborilganidan so‘ng, bir oz vaqt kutasiz.
4-qadam: Enrollment document (Ma’lumotnoma taqdim etish)
Ushbu xat yuborilganidan keyin, sizga yana bir javob keladi:

Tarjima: Talaba ekanligingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim eta olasizmi?
Tasdiqlovchi hujjatni ikki yo'l bilan qilib olsangiz bo'ladi:
a) Haad ma'muridan (administratordan) bu yerda o'qiyotganingiz haqida ma'lumotnoma so'rang - tayyorlab berishadi;
b) Haad TC bilan qilgan ta'lim shartnomangiz orqali.
Talabalikni tasdiqlovchi hujjatni ikki yo‘l bilan olish mumkin.

Yana javob xati yozamiz. SI xatni tayyorlab bergach, uni e-pochta orqali yuboramiz. Ilovaga esa hujjatni — o‘zbek tilidagi asl nusxasini — biriktiramiz.
Diqqat! Haad platformasidagi ofertani ham qo‘shimcha ravishda biriktirsangiz bo‘ladi — bu sizning qabul qilinishingizni yanada mustahkamlaydi. Biroq ofertani alohida holda yubormang, uni faqat hujjat bilan birga jo‘nating.



Xatni yuboramiz, va biroz vaqt kutamiz.


Talaba obunasi - Student subscription tayyor! Endi bemalol atigi $8 evaziga o‘qishingiz mumkin 🙂
5-qadam: Log in and study
(Ya’ni: “Kirish va o‘qishni boshlash”)

Bir vaqtning o'zida bir qancha materialdan o'rganish - sohani yaxshiroq tushunish va kuchliroq bo'lishga yordam beradi.
Maqola muallifi: Muhammadjon






