top of page


Mobil xavfsizlik: qaysi tizimni tanlash kerak?
2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha davlat darajasidagi kiberjosuslik hujumlari soni oxirgi uch yil ichida rekord darajaga yetdi. Citizen Lab, Amnesty Tech va Google Threat Analysis Group (TAG) tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar mobil operatsion tizimlar xavfsizligi bo‘yicha keskin farqlarni yana ochib berdi. Ushbu maqolada bozorda mavjud beshta mobil operatsion tizim - iOS, Android, Graphene OS, Harmony OS va Mobian OS, ularning xavfsizlik darajalari haqida so'z

Hidoyatxon Atabaev
Dec 8, 20253 min read


Bingo! Whatsapp va Signalni ham maxfiy kuzatish mumkin
Reaksiyali munosabatlar va xabarlarni yetkazilgani haqidagi belgi ishoralari (delivery receipts) bir qarashda ko‘ringanidek, ma'sum emas. Tadqiqotchilar bu funksiyalar yordamida foydalanuvchilar ustidan kuzatuv o‘rnatish mumkinligini, shu jumladan, ular uydan qachon chiqishi, ishga qachon yetib kelishi, qachon telefon qo‘ng‘irog‘i qilayotgani va hatto qanday telefon ishlatayotgani haqida ma’lumot olish mumkinligini aniqladilar.

Hidoyatxon Atabaev
Dec 6, 20252 min read


Microsoft Windows lnk zaifligini yillar davomida buzib kelinganidan so'ng jimgina patch qildi
NIST Milliy Zaifliklar Ma’lumotlar Ombori (NVD) ta’rifiga ko‘ra, “Muammo aynan .lnk fayllarini qayta ishlash jarayonida mavjud. Maxsus yaratilgan .lnk faylidagi ma’lumotlar Windows taqdim etgan foydalanuvchi interfeysi orqali faylni ko‘rayotgan foydalanuvchiga zararli kontentni ko‘rinmas qilib qo‘yishi mumkin. Hujumchi ushbu zaiflikdan foydalanib, joriy foydalanuvchi mazmunida kod ishga tushirishi mumkin.”

Hidoyatxon Atabaev
Dec 4, 20253 min read


Google 107ta android nuqsonini bartaraf etdi, jumladan faol suiiste'mol etilayotgan ikkita freymuork "bug"ini
Google dushanba kuni Android operatsion tizimi uchun oylik xavfsizlik yangilanishlarini chiqardi. Unda kompaniya yovvoyi sharoitda (real hujumlarda) eksploit qilinganini aytgan ikkita zaiflik ham bor.
Patchda Freymuork, Tizim, Kernel, shuningdek Arm, Imagination Technologies, MediaTek, Qualcomm va Unison kabi turli komponentlarga oid jami 107 ta xavfsizlik nuqsoni tuzatildi.

Hidoyatxon Atabaev
Dec 2, 20251 min read


Avstraliyalik erkak aeroportda va parvoz paytida Wi-Fi buzgani uchun qamaldi
Avstraliya Federal Politsiyasi (AFP) ma’lum qilishicha, aeroportlarda va parvoz vaqtida
Wi-Fi hujumlarini amalga oshirgani aniqlangan avstraliyalik erkak qamoq jazosiga hukm qilindi.

Hidoyatxon Atabaev
Dec 1, 20252 min read


🍂 Haad kuzgi dayjesti: global kiber-urushlar, SI va mintaqaviy yuksalish
2025-yilning kuz fasli kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar uchun tinch o‘tmadi. Haad.ai/blog da yoritilgan 40 dan ortiq maqolalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hujumlar ko‘lami davlat darajasidagi josuslikdan tortib, oddiy dasturchilar foydalanadigan kutubxonalarni zaharlashgacha kengaygan.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 29, 20253 min read


OpenAI tahliliy ma'lumotlar buzilishini aniqladi va ta'sirlangan foydalanuvchilarga xabar berdi
OpenAI uchinchi tomon tahlil provayderi Mixpanel bilan bog'liq xavfsizlik hodisasini tasdiqladi, bu uning API platformasi bilan bog'liq cheklangan foydalanuvchi ma'lumotlarining oshkor bo'lishiga olib keldi. Bu bizning aybimiz emas, dedi kompaniya. Biroq, bu oddiy holat emas.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 28, 20253 min read


Yangi RadzaRat josuslik dasturi Android qurilmalarini egallab olish uchun fayl menejeri qiyofasida paydo bo'lmoqda
Certo Software kompaniyasi "RadzaRat" nomli Android RAT dasturini topdi. U fayl menejeri qiyofasida yashiringan va VirusTotalda 0/66 aniqlash ko'rsatkichiga ega. Dastur parollarni yozib oladi va fayllarni o'g'irlaydi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 26, 20252 min read


Xitoyning DeepSeek-R1 SI modeli Tibet yoki Uyg'urlar haqida so'rov yuborilganda xavfli kod yozyapti
"CrowdStrike"ning yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, DeepSeek sun’iy idrokining (AI) mantiqiy modeli DeepSeek-R1 Xitoy uchun siyosiy jihatdan nozik deb topilgan mavzularni o‘z ichiga olgan so‘rovlar berilganda ko‘proq xavfsizlik zaifliklarini yuzaga keltiradi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 24, 20253 min read


Yangi Sturnus Android troyani shifrlangan yozishmalarni pinhona ravishda qo‘lga kiritib, qurilmalarni to‘liq nazoratiga olmoqda
Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari Sturnus deb nomlangan yangi Android bank troyani haqida ma’lumotlarni oshkor qildi. Bu zararli dastur foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘g‘irlash va moliyaviy firibgarlikni amalga oshirish uchun qurilmani to‘liq egallab olish imkonini beradi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 22, 20252 min read


Hakerlar 7-Zip ramziy havolasiga asoslangan RCE zaifligidan (CVE-2025-11001) faol foydalanmoqdalar
Yaqinda oshkor qilingan va 7-Zipga ta’sir qiluvchi xavfsizlik nuqsoni hozirda kiberjinoyatchilar tomonidan faol eksploit qilinayotgani haqida NHS England Digital seshanba kungi ogohlantirishida ma’lum qildi.
Mazkur zaiflik — CVE-2025-11001 (CVSS bahosi: 7.0) — masofadan turib hujumchilarga ixtiyoriy kod ishga tushirish imkonini beradi. Ushbu muammo 2025-yil iyul oyida chiqarilgan 7-Zip 25.00-talqinida bartaraf etilgan.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 20, 20251 min read


Rustdan foydalanish boshlangandan beri Androidda xotira xavfsizligi muammolari ilk bor 20%dan pasaydi
Google kompaniyasi Android operatsion tizimida Rust dasturlash tilini qo'llashni boshlagani natijasida xotira xavfsizligi bilan bog'liq zaifliklarning umumiy zaifliklar ichidagi ulushi birinchi marta 20% dan pastga tushganini ma'lum qildi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 18, 20252 min read


Rus hakerlari mehmonxona mijozlari ma'lumotlarini jamlash uchun 4300 dan ziyod soxta sayohat saytlarini yasagan
Yil boshidan beri davom etayotgan ommaviy fishing kampaniyasi ortidagi rusiyzabon muhaddid 4300 dan ortiq domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazgan.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 14, 20252 min read


Microsoft 63 ta xavfsizlik kamchiligini, jumladan, faol hujum ostidagi Windows kernelining nol kunligini tuzatdi
Microsoft seshanba kuni oʻz dasturiy taʼminotida aniqlangan 63 ta yangi xavfsizlik zaifliklari uchun patchlarni chiqardi, jumladan, bittasi faol eksploit qilinmoqda.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 13, 20253 min read


OWASP Top 10ga yangi ikki hujum turi qo'shildi
OWASP o‘zining veb-ilovalar uchun eng muhim xavf-xatarlari Top 10 ro‘yxatining yangilangan talqiniga ikkita yangi toifani qo‘shdi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 11, 20252 min read


VS Code kengaytmalarida minglab foydalanuvchilarga tarqalgan GlassWorm zararli dasturi aniqlandi
Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari GlassWorm (zararli dastur - malware) bilan bog‘liq yana uchta yangi kengaytmani oshkor qilishdi. Bu, tahdid manbalari Visual Studio Code (VS Code) ekotizimini nishonga olishni davom ettirayotganini ko‘rsatadi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 10, 20252 min read


Android yangilanishi o'ta xavfli RCEni patch qildi
Google dushanba kuni Android platformasi uchun yangi xavfsizlik yangilanishlarini e’lon qildi. Ular tizim komponentidagi ikkita zaiflikni bartaraf etishga qaratilgan.
2025-yil noyabr oyidagi Android tuzatishlari 2015-yildan beri internet giganti tomonidan chiqarib kelinayotgan oylik yangilanishlardan farq qiladi — endi ular yagona xavfsizlik darajasini o‘z ichiga oladi: 2025-11-01 patch level.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 7, 20252 min read


Googlening "Big Sleep" SI agenti Applening Safari WebKitida beshta yangi zaiflikni topdi
Googlening sun'iy idrok (SI) asosidagi kiberxavfsizlik agenti Big Sleep Apple tomonidan Safari veb-brauzerida ishlatiladigan WebKit komponentida besh xil xavfsizlik kamchiligini topgani uchun e'tirof etildi, bu zaifliklar muvaffaqiyatli eksploit qilinganda brauzerning ishdan chiqishiga yoki xotira buzilishiga olib kelishi mumkin.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 5, 20252 min read


Xitoy o'zi ishlab chiqargan elektrobuslarni masofadan o'chirib qo'ya olishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
Oslo shahrining jamoat transporti agentligi Ruter shahar elektrobuslarining xavfsizlik kuzatuvini o'tkazishga qaror qildi va xitoylik avtobuslarni ishlab chiqaruvchi tomonidan masofadan o'chirib qo'yish mumkinligini aniqladi.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 3, 20252 min read


Atlas brauzerining yangi eksploiti hujumchilarga doimiy yashirin buyruqlarni ekishga imkon beradi
Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari OpenAIning ChatGPT Atlas veb-brauzerida zararli shaxslarga sun'iy idrok (SI) yordamida ishlaydigan yordamchining xotirasiga muayyan ko'rsatmalar kiritish va o'zboshimchalik bilan kodni ishga tushirish imkonini beradigan yangi zaiflikni aniqladilar.

Hidoyatxon Atabaev
Nov 1, 20253 min read
bottom of page
